Skip to content
Umumiy maqolalar: 3

“Yangi Andijon – Bobur shahri” g‘oyasining mohiyati va bugungi yoshlar siyosatidagi o‘rni

👁 60 📅 02.10.2025

Annotatsiya

Реформы, проводимые в Узбекистане, проявляются как комплексная политика, направленная на обновление государственного управления, регионального развития и общества в целом. В частности, важной задачей стало гармоничное сочетание экономического роста с духовно-идеологическим содержанием в развитии регионов. И в этом направлении инициатива по развитию города Андижана на основе концепции «Новый Андижан – город Бабура» имеет особое стратегическое значение. Эта идея не просто символическое решение, связанное с именем исторической личности, но и системный подход, направленный на укрепление национальной идентичности в современной государственной политике, повышение общественного духа и усиление патриотической идеологии в воспитании молодежи.

Kalit so'zlar

Государственное управление, развитие регионов, национальная идентичность, патриотическая идеология.

Bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar davlat boshqaruvi, hududiy taraqqiyot va jamiyat ongini yangilashga qaratilgan kompleks siyosat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, hududlarni rivojlantirishda iqtisodiy o‘sishni ma’naviy-mafkuraviy mazmun bilan uyg‘unlashtirish muhim vazifaga aylandi. Shu nuqtai nazardan, Andijon shahrining “Yangi Andijon – Bobur shahri” konsepsiyasi asosida rivojlantirish tashabbusi alohida strategik ahamiyatga ega.

Zero, buyuk bobomiz Z.M. Boburning dunyoga mashhur bo‘lgan “Boburnoma” memuar asarida Andijon tabiati, shahar qurilishi, sug‘orish inshootlari, dehqonchilik va savdo madaniyati, insonlari, turmush tarziga bag‘ishlangan “Andijon ta’rifi” deb nomlangan alohida qism mavjudligi uning tug‘ilib o‘sgan yurtiga muhabbatidan, garchi Hindistonda buyuk imperiya tuzgan hukmdor bo‘lsa-da, umri davomida Andijon yodi bilan yashaganligidan, yurtini kelajakda farovon mamlakat bo‘lishini chin dildan orzu qilganligidan dalolat beradi.

Nazarimizda Yangi Andijonning Bobur shahri deb nomlanishi buyuk bobokalonimiz Z.M. Boburning armonlarini ro‘yobga chiqarganday bo‘lmoqda, desak ayni muddao bo‘lar edi.

“Yangi Andijon – Bobur shahri” g‘oyasi faqat tarixiy shaxs nomi bilan bog‘liq ramziy qaror emas, balki zamonaviy davlat siyosatida milliy o‘zlikni mustahkamlash, jamoatchilik ruhiyatini yuksaltirish va yoshlar tarbiyasida vatanparvarlik mafkurasini kuchaytirishga qaratilgan tizimli yondashuvdir.

Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va hududiy rivojlanish modeli asosida Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatning hududlarni kompleks rivojlantirish siyosatiga to‘liq mos kelishi bilan tafsiflanadi. Bunda iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik va aholi farovonligini oshirish o‘zaro bog‘liq vazifalar sifatida qaralayotganligi ayni muddao sifatida belgilanganligi ko‘rinadi.

Sanoatni diversifikatsiya qilish, infratuzilmani modernizatsiyalash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali Andijon viloyati yildan-yilga iqtisodiy jihatdan barqaror hududga aylanib bormoqda. Biroq bu jarayonda faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmasdan, aholi ongida islohotlarga nisbatan ishonch va daxldorlik hissini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi sir emas.

Aynan shu yerda “Yangi Andijon – Bobur shahri” g‘oyasi ijtimoiy-siyosiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda eng asosiy jihat Bobur shaxsiyatining davlatchilik va milliy mafkura ramzi sifatida belgilanishidir.

Ma’lumki, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tarixiy shaxs sifatida nafaqat harbiy yoki adabiy-badiiy meros qoldirgan, balki kuchli davlatchilik tafakkuri sohibi bo‘lgan. Shu bois uning nomi adolat, qat’iyat, bilim va Vatan taqdiri uchun mas’uliyat tushunchalari bilan uzviy bog‘liq.

Yangi Andijon shahrini Bobur nomi bilan ulug‘lash orqali davlat siyosatining muhim maqsadi — zamonaviy rivojlanishni milliy ruh, tarix va mafkura bilan uyg‘unlashtirishga erishiladi. Bu esa jamiyatda “islohotlar — bizning tarixiy davomiyligimiz” degan g‘oyani mustahkamlaydi.

“Yangi Andijon – Bobur shahri” konsepsiyasi — bu faqat zamonaviy arxitektura yoki shaharsozlik loyihasigina emas, balki yashash muhitini hamda zamondoshlarimiz dunyoqarashini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy konsepsiyadir. Zamonaviy yo‘llar, uy-joylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, dam olish va ko‘ngilochar jamoat maskanlarining barpo etilishi aholining davlat siyosatiga nisbatan munosabatini belgilaydigan muhim omil hisoblanadi.

Infratuzilmani rivojlantirish va qulayliklar yaratish orqali davlat aholiga islohotlar inson manfaati uchun amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida aniq signal yuboradi. Bu esa ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va fuqarolar faolligini sezarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Andijon viloyatidagi islohotlarning muhim jihati — hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasidagi muloqotning kuchayishidadir. Viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar aholining bevosita ishtirokini nazarda tutadi. Bu esa jamoatchilik ongida “davlat — jamiyat uchun” degan qarashni shakllantiradi hamda jamiyatda yashovchi har bir shaxsda daxldorlik his-tuyg‘ularini oshiradi.

 

 

Xolis kuzatuvchi sifatida shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi kunda viloyat aholisi orasida Bobur shaxsiyati atrofida shakllanayotgan umumiy ma’naviy ruh jamoatchilikni birlashtiruvchi omilga aylanmoqda. Bu holat pirovard natijada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik uchun muhim psixologik zamin yaratadi.

Sir emaski, davlat siyosatida yoshlar masalasi strategik ahamiyatga ega. “Yangi Andijon – Bobur shahri” g‘oyasi yoshlar tarbiyasida kuchli mafkuraviy vosita sifatida xizmat qilishi shubhasiz. Shu boisdan Bobur obrazi orqali yoshlarga davlatchilikka sadoqat, faol fuqarolik pozitsiyasi va milliy g‘urur tuyg‘ulari yanada mustahkamroq singdirilishi bosh maqsad qilinishi lozim.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tarixiy merosga bag‘ishlangan loyihalar yoshlarning ijtimoiy jarayonlarga befarq bo‘lmasligini ta’minlab, ularni Vatan taraqqiyotida faol ishtirok etuvchi kuchga aylantiradi.

Xulosa qilib aytganda, “Yangi Andijon – Bobur shahri” konsepsiyasi bugungi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning muhim mafkuraviy tarkibiy qismi hisoblanadi. U iqtisodiy taraqqiyot, infratuzilmaviy rivojlanish, jamoatchilik ruhiyati va yoshlar tarbiyasini yagona strategik maqsad atrofida birlashtiradi.

Bu esa barpo etilayotgan Yangi Andijon – Bobur shahrini nafaqat zamonaviy, balki ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lgan fozil insonlar shahri sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.


  "Bobur kutubxonasi" 2025-yil 3-son