MUALLIFLARGA

“BOBUR KUTUBXONАSI” JURNАLIDА MАQOLАLАRNI CHOP ETISH SHАRTLАRI

Chop etish uchun yuborilgan material yangi va boshqa ilmiy nashrlarda chop etilmagan boʼlishi hamda jurnal yoʼnalishiga mos kelishi kerak. Tahririyat material jurnal yoʼnalishiga mos kelishi toʼgʼrisida mustaqil qaror chiqaradi va chop etishni rad qilish sabablarini tushuntirmaslik huquqiga ega.

Mualliflar toʼgʼrisida maʼlumotlar: Ismi, familiyasi, otasining ismi, asosiy ish (oʼqish) joyi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi; Аsosiy ish (oʼqish) joyining pochta manzili; telefonlari va elektron pochtasi.
Maqolaning tuzilishi:
Nomi: oʼzbek, rus tillarida 8 soʼzdan koʼp boʼlmasligi.
Maqola matni:
Kirish: masala (muammo)ning qoʼyilishi, dolzarbligi, maqsadi, maqolaning tuzilishini tushuntirish.
Maqolani sahifalashtirish: 
Shrift va hajmi MS word (.doc yoki .docx) formatida, Arial (11 pt.) shriftda, 1,15 interval bilan. Hajmi 2-8 sahifa oraligʼida yoki 3000 dan 20000 belgigacha boʼlishi lozim. Maqola qaysi manbadan olinganligi (ssilka) koʼrsatilishi shart.
Grafik, chizma va jadvallar: Excel formatida, suratlar *.jpg, *.png formatida aloxida faylda yuborilishi shart. Telefon:(74) 223-85-67